Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida o‘tkazilgan ikki itning to‘yiga 5 mingdan ortiq mehmon tashrif buyurdi. Marosim Pavara qishlog‘ida hinduiylik dini qoidalariga muvofiq o‘tkazildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Kuyov gullar bilan bezalgan maxsus mashinada kelinning uyiga keldi. Kelin bo‘lmish itning sohibasi Jung Baxadur to‘y paytida ko‘ziga yosh oldi.
“U mening itim bo‘lsa ham, qizimday bo‘lib qolgan”, — dedi ayol.
Ma’rakada mahalliy dijey chiqish qildi, mehmonlar raqs tushdi. Marosim tugagach, kelin-kuyov to‘yxonadan avtomobilda ketdi.
Izoh (0)