2012-yilning 13-yanvaridan 14-yanvariga o‘tar kechasi Costa Concordia kruiz layneri O‘rtayer dengizida, Italiyaning Jilyo oroliga yaqin yerda halokatga uchradi. Uning bortida 4200 kishi bor edi. Ayrimlarga bu fojia rosa 100 yil muqaddam, 1912-yilning 13-aprelidan 14-apreliga o‘tar kechasi halokatga uchragan “Titanik” kemasini eslatib yubordi.
Kruiz kemasi kapitani bergan ma’lumotga ko‘ra, layner navigatsion xaritada aks ettirilmagan qoyalarga urilgan, buning oqibatida borti yorilib, suv ostiga g‘arq bo‘lgan. Fojia oqibatida bir qancha odam nobud bo‘lgan.
“Zamonaviy Titanik”da barcha yo‘lovchilarga yetarli miqdorda qutqaruv qayiqlari topilmagan. Bundan tashqari, ekipaj a’zolari qayiqlarni suvga to‘g‘ri tushira olmagani oqibatida ular ham suvga to‘lib qolavergan. Ayrimlar taqdirini o‘z qo‘liga olib, qirg‘oqqacha suzib borishga qaror qilgan.
“Titanik”dan farqli ravishda, Costa Concordia suv ostida ko‘p yotmadi. Tez orada 300 metrli laynerni qirg‘oqqa olib chiqishga qaror qilindi.
Germaniyalik suratkash Jonatan Danko Kiyelkovski dengizdan olib chiqilgan kema qoldiqlaridan noyob fotoreportaj tayyorladi. U tushirgan suratlar TravelAsk saytida taqdim etildi.
Layner suv ostidan chiqarilmoqda.
Costa Concordia’dagi barcha xonalar xarob ahvolda, go‘yo kema o‘n yillab suv ostida yotganday.
Costa Concordia suv ostiga g‘arq bo‘lgan tarixdagi eng yirik kema hisoblanadi.
6122 zavod raqamini olgan kema qurilishi Italiyaning Fincantieri kemasozlik korxonasi tarafidan uch yil davomida olib borildi. 2005-yil 2-sentabrda kema birinchi marta suvga chiqarildi. An’anaga ko‘ra, yangi kemaning “tug‘ilgan kuni” nishonlanganida uning bortiga shampan shishasi urib sindiriladi. Ammo o‘sha kuni shisha sinmadi, bu esa juda yomon belgi hisoblanadi.
Layner halokatini tekshirgan ekspertlar kema nega yo‘nalishdan chekinib, qirg‘oqqa xavfli masofaga yaqinlashganini tushuna olmadi.
Bu faktni tushuntirar ekan, layner kapitani Franchesko Skettino fojia kuni Jilyo orolida yashaydigan sobiq kapitan bilan salomlashish uchun qirg‘oqqa yaqinlashganini tan oldi.
Kruiz laynerining hududi juda keng. 15 ta palubada 4 ta hovuz, 1450 ta kayuta, 5 ta restoran, kazino, fitnes markazi va boshqa narsalar joylashgan edi.
Fojia oqibatida yetkazilgan zararning umumiy summasi 1,5 milliard yevroga baholanmoqda.
Costa Concordia’ni suv ostidan ko‘tarish uchun kema sohibi bo‘lgan kompaniya kamida 600 million yevro sarflagani aytilmoqda.
Kayutalardan biri.
Vayron bo‘lgan konsert zali.
Eski hashamat izlari.
Izoh (0)