Moskvada 13-mart, yakshanba kuni Maslenitsaning (qishni kuzatish bayrami) oxirgi kuni munosabati bilan Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritishga loyiq quymoq pishiriladi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Quymoq “Ermitaj” bog‘ida tayyorlanadi. Deyarli o‘n yil davomida Rossiyaning turli shaharlarida diametri uch metrga teng quymoqni tayyorlash uchun urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bunday quymoqni yirtib qo‘ymasdan ag‘darishga hech kim erisha olmagan.
“Bu yil rekord uchun kurashga Moskva ham qo‘shilgan. Biz quymoqni noodatiy usul bilan tayyorlaymiz. Bu juda qiziqarli bo‘ladi”, — deb va’da qilmoqda tashkilotchilar.
Bunday quymoqni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan tovaning vazni 800 kilogrammni tashkil etib, u kran yordamida o‘rnatilishi ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)