Malayziyada ikki qayiqning to‘qnashishi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi, yana 20 kishi jarohat olib, ulardan sakkiz nafari shifoxonaga yotqizildi. “TASS”ning New Straits Times nashriga tayanib ma’lum qilishicha, voqea Sabax shtatining markazi bo‘lmish Kota-Kinabulu shahriga yaqin hududda sodir bo‘ldi.
Qayiqlardan birida yaqin orada bo‘lib o‘tayotgan to‘yning 30 nafar mehmoni, ikkinchisida esa mahalliy fabrikalardan birining 24 nafar ishchisi bor edi. Huquq-tartibot organlari xulosasiga ko‘ra, yo‘l yaxshi ko‘rinmagani bois fojia ro‘y bergan. Shuningdek, ikki qayiqda ham qutqaruv nimchalari bo‘lmagan.Shifoxonaga yotqizilgan ikki jabrlanuvchining ahvoli juda og‘ir deb baholanmoqda.
Izoh (0)