Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal tanqidlarga sira e’tibor bermasligini aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Men doim o‘zimga kerakli tarzda baho beraman, shuning uchun tanqid men uchun muammo emas. Ammo, hozir bu masalani muhokama qilishni istamayman. Biz Angliya Kubogi yoki Yevropa Ligasida g‘alaba qozonib, bu mavsumni qutqarib qolishimiz mumkin. Yana bir variant — Angliya chempionatida birinchi to‘rtlikdan joy olish. Buni amalga oshirish juda qiyin bo‘lsa-da, buning imkoni bor. Meni uch oydan buyon ishdan haydashmoqda, ammo jamoam hamon uchta turnirda ishtirok etmoqda”, — deydi Lui van Gal.
Mavzuga oid:
Izoh (0)