8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 2016-yil, 10-mart kuni “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar Kengashi va uning tasarrufidagi 13 ta tashkilotda faoliyat yuritayotgan ayol xodimlar o‘rtasida sportning o‘q otish turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” nashriga Toshkent shahar Kengashi ma’naviyat bo‘limi xabar berdi.
Musobaqa Toshkent shahridagi Chilonzor o‘quv sport-texnika klubi tirida o‘tkazildi. Toshkent shahar Kengashi tasarrufidagi tashkilot jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada quyidagi natijalar qayd etildi.
1-o‘rin: Toshkent shahar Kengashi jamoasi.
2-o‘rin: Sirg‘ali o‘quv sport-texnika klubi jamoasi.
3-o‘rin: Chilonzor o‘quv sport-texnika klubi jamoasi.
Shuningdek, yakka tartibda ishtirok etgan xodimlar o‘rtasidagi musobaqada quyidagi natijalar qayd etildi.
1-o‘rin: Mahmudova Dilshoda (Chilonzor o‘quv sport-texnika klubi).
2-o‘rin: Abrayeva Nargiza (Yakkasaroy o‘quv sport-texnika klubi).
3-o‘rin: Raxatillayeva Umida (Chilonzor o‘quv sport-texnika klubi).
G‘oliblar Toshkent shahar Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Izoh (0)