AQSh Eron tomonidan yadroviy dastur bo‘yicha kelishuv doirasida o‘z majburiyatlarining bajarilishi munosabati bilan sanksiyalardan ozod qilingan 59 nafar Eron va boshqa davlatlar fuqarolari, shuningdek, 385 kompaniya, 77 samolyot, 227 kema nomidan iborat ro‘yxatni e’lon qildi, deb xabar beradi “TASS”.
AQSh moliya vazirligining ma’lum qilishicha, ro‘yxat to‘liq shaklda 14-mart kuni Federal Register hukumat rasmiy hujjatlari to‘plamida chop etiladi.
Eron hamda “oltilik” o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha erishilgan kelishuv shartlarining muvaffaqiyatli bajarilishi munosabati bilan sanksiyalarning bekor qilinishi yil boshida e’lon qilingan edi. Chop etilayotgan hujjatdan o‘rin olgan shaxslar va kompaniyalar sanksiyalardan 16-yanvar kuni ozod qilingan.
Izoh (0)