AQSh Suriya hukumatini fevral oxirida o‘rnatilgan o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzishda aybladi va Rossiyani Bashar Asad tuzumiga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
Davlat departamenti vakili Jon Kirbining ma’lum qilishicha, tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib kelayotgan Suriya hukumat qo‘shinlarining raketa zarbalari o‘t ochishni to‘xtatish tartibini yaqqol buzish bo‘lib hisoblanadi.
Kirbining so‘zlariga qaraganda, Rossiyaning Suriya prezidenti Bashar Asad bilan shaxsiy munosabatlari bo‘lganligi uchun AQSh Moskva Suriyaning o‘t ochishni to‘xtatishiga ta’sir ko‘rsata olishiga umid qiladi.
Izoh (0)