Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi musobaqasining nimchorak final bosqichi dastlabki uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
Ushbu bosqichning markaziy o‘yinida “Liverpul” jamoasi o‘z maydonida “Manchester Yunayted” futbolchilarini qabul qildi. Unda 2:0 hisobi qayd etilib, mersisaydliklar g‘alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo‘limning 20-daqiqasida “Manchester Yunayted” darvozasi tomon penalti belgilandi. To‘p oldiga kelgan Daniel Starrij mo‘ljalda adashmadi va uchrashuvdagi birinchi golga mualliflik qildi. O‘yinning 73-daqiqasida Roberto Firmino hisobni oshirishga muvaffaq bo‘ldi – 2:0. Shundan so‘ng hisob o‘zgarmadi va “Liverpul” javob o‘yini oldidan katta ustunlikka ega bo‘ldi.
“Manchester Yunayted” va “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini 17-mart kuni, “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu bosqichning qolgan o‘yinlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)