AQSh Hind okeanidagi Diyego-Garsiya orolida joylashgan aviabazaga uchta strategik ko‘rinmaydigan B-2 Spirit bombardimonchi samolyotini joylashtirdi. Bu haqda Pentagon vakillariga tayanib, The Air Forсe Times gazetasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Bombardimonchi samolyotlar AQShning kontinental qismidagi “Uaytmen” (Missuri shtati) doimiy aviabazasidan yetib kelgan. AQSh strategik qo‘mondonligi o‘z press-relizida ma’lum qilishicha, ular Diyego-Garsiyadagi aviabazaga ittifoqchi va hamkorlarning harbiy-havo kuchlari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish va integratsiya maqsadlarini ko‘zlab yetib kelgan.
Kuzatuvchilarning fikricha, ushbu strategik samolyotlar IShID marralariga aviazarbalar berish uchun qo‘llanilishi mumkin.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)