Isroil politsiyachilari 9-mart, chorshanba kuni Quddusda avtobusni o‘qqa tutgan ikki nafar qurollangan falastinlikni otib o‘ldirdi. Bu haqda Isroil politsiyasi rasmiy vakili ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
The Jerusalem Post gazetasining ma’lum qilishicha, avtobus yo‘lovchilari yo‘lda ketayotgan avtomobildan ikki nafar erkakning avtobusga qarata o‘t ochganligini ko‘rgan. O‘z navbatida voqea guvohi bo‘lgan boshqa mashinaning haydovchisi terrorchilarga qarata o‘t ochgan. Bosqinchilar yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.
Keyinroq politsiya taxminiga ko‘ra, aynan o‘sha terrorchilar Quddusdagi Eski shahar hududida odamlarga qarata o‘t ochgan. Nashrning ma’lum qilishicha, hujum oqibatida bir nafar isroillik jarohat olgan va hozirda og‘ir ahvolda.
Eski shahar devorlari yaqinida politsiya terrorchilarni yo‘q qilishga erishgan.
Izoh (0)