Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kremldagilar Nadejda Savchenko ustidan sud jarayoniga aralashuvni hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boshqa rossiyaliklarga qarshi sanksiyalar kiritish da’vatini nomaqbul deb hisoblaydi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Mamlakatimizda amaldagi Rossiya qonunchiligiga muvofiq tarzda olib borilayotgan sud jarayoniga aralashishga urinishlarga rozi bo‘la olmaymiz”, — dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday sud jarayonlariga Nadejda Savchenkoning ishi ham taalluqli. “Qandaydir aralashuvlar bu yerda nomaqbul”, — deya ta’kidladi u.

Yevroparlament deputatlari Yevroittifoq tashqi siyosiy muassasasi rahbari Federike Mogeriniga yo‘llagan murojaatida Putin va yana 28 kishiga qarshi sanksiyalar kiritishni so‘radi. Shu tariqa, parlament a’zolari ukrainalik uchuvchi ayol Savchenkoga qarshi sud jarayoniga munosabat bildirdi. U Donbassda rossiyalik jurnalistlar o‘limiga aloqadorlikda ayblanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi