Suriyaning Aleppo shahrida 6-mart, yakshanba kuni minomyot va raketa hujumi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishi jabrlandi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Suriya televideniyesining ma’lum qilishicha, shahar shimolidagi kurdlar istiqomat qiluvchi Shayx Maqsud kvartalida, odamlar gavjum bozor hujumga uchragan.
Suriya al-En axborot portalining ma’lum qilishicha, 40 ga yaqin kishi jabrlangan. Hujum jangarilar nazoratida bo‘lgan hududdan amalga oshirilgan.
Izoh (0)