1 million barrel hajmida Eron nefti yuklangan Monte Toledo tankeri 17 kun yo‘l yurib, 6-mart, yakshanba kuni Yevropaga yetib bordi. Bu haqda Bloomberg agentligiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Aytilishicha, yakshanba kuni 275 metrli tanker neftni Ispaniyaning Cia Espanola de Petroleos kompaniyasiga tegishli zavodga tushirishni boshlagan.
Mart oyi davomida Cia Espanola de Petroleos zavodiga Erondan yana sakkiz tankerda neft olib kelinishi kutilmoqda.
Fevral oyida Bloomberg Erondan Yevropaga 29 tankerda neft olib ketilayotganini xabar qilgan edi.
Izoh (0)