AQShning United Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing-767 yo‘lovchi samolyoti Xyustonda favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda ABC telekompaniyasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishcha, Xyuston aeroportidan osmonga ko‘tarilgan havo kemasining dvigateliga qushlar kirib ketgan, buning natijasida Myunxenga uchishi lozim bo‘lgan layner Xyuston aeroportiga qaytgan.
Samolyot bortida bo‘lgan 184 yo‘lovchidan hech biriga zarar yetmagan.
Izoh (0)