Univestitet sporti xalqaro federatsiyasi (FISU) ijroiya qo‘mitasi Shveysariyaning Lyutsern shahrini Universiada–2021 qishki o‘yinlariga mezbonlik qilishini tasdiqladi. Bu haqda FISU prezidenti Oleg Matitsin “TASS”ga ma’lum qilgan.
“Lyutsern Universiada–2021 qishki o‘yinlari poytaxti deb tasdiqlandi”, — deydi Oleg Matitsin.
2021-yilgi qishki Universiada o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun arizalarni qabul qilish jarayoni 2014-yilning 1-sentabrida boshlangandi. Lyutsern shahri ushbu musobaqaga mezbonlik qilish istagi haqida 2015-yilning avgust oyida ma’lum qilgan.
Joriy yilning yanvar oyida Matitsin Belarus va Polsha birgalikda Universiadaga mezbonlik qilish uchun ariza yo‘llashi mumkinligini aytgandi, biroq fevral oyi o‘rtalarida Lyutsern mezbonlik uchun yagona nomzod ekani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)