Rossiyada neft-gaz kondensati konidagi portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jabrlandi. Bu haqda “Vedomosti” xabar beradi.
Hodisa Yamal Nenetslari muxtor okrugida Yarudeyskoye neft-gaz kondensati konida yuz bergan. Ma’lum qilinishicha, geologik qidiruv ishlarini o‘tkazish chog‘ida portlovchi moddalar ishga tushgan.
Olingan shikastlar natijasida bir kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Ikki nafar jabrlanganga shifoxonadan ruxsat berilgan. Ularning ambulator tarzda davolanishi belgilangan.
Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)