Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Selta”ga qarshi (7:1) Ispaniya chempionati 28-turida poker muallifi bo‘lib, Madrid klubi tarkibida kiritgan gollari sonini 352 taga yetkazdi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
Portugaliyalik hujumchi XX asr ikkinchi yarmidan buyon Yevropa chempionatlarida bitta klub safida 350 va undan ortiq golni eng tez urgan birinchi futbolchiga aylandi. Buning uchun unga 335 ta o‘yin kifoya qildi.
Nashrning yodga olishicha, 1937–1945-yillar davomida Praganing “Slaviya” jamoasida to‘p surgan Yozef Bitsan klub safida 217 o‘yin o‘tkazib, 395 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Qayd etish joiz, Ispaniya chempionatida Krishtianu Ronaldu 250 ta golni eng tez urgan futbolchi bo‘ldi.
Izoh (0)