Fotogalereya: Yevropa shaharlarida nima uchun elektroshkaflar bo‘yaladi?
“Milan ko‘chalarini aylanarkansan, deyarli har bir chorrahada elektroshkaflarni uchratasan”, — deb yozadi bloger Ilya Varlamov. Qizig‘i, ularning bari bo‘yalgan.
Shunday bo‘yalgan elektroshkaflarni Yevropaning boshqa shaharlarida ham uchratish mumkin. Blogerning yozishicha, bu san’atga nisbatan haddan tashqari yuqori muhabbat mahsuli emas. Unda nima?
“Buning sababi — shahar ma’muriyatini graffiti ixlosmandlari egallab olgani bilan bog‘liq emas. Maqsad — shahar mulkini vandal (buzg‘unchi)lardan himoya qilish”, — deb yozadi bloger.
“Bunday elektroshkaflar turli xususiy e’lonlarni yopishtirib ketish yoki bo‘lmag‘ur yozuvlarni qoldirish uchun juda mos joy. Shu sababli ham ba’zi shaharlarda elektroshkaflarni rassomlarga taqsimlab berish bo‘yicha maxsus dasturlar bor”, — deb yozadi bloger.
Izoh (0)