2016-yilning 2-mart kuni Shvetsiya malikasi Viktoriya o‘g‘illi bo‘ldi. U shved taxti merosxo‘ri Viktoriya va uning turmush o‘rtog‘i shahzoda Danielning oilasidagi ikkinchi farzand bo‘ldi. Viktoriya va Danielning o‘g‘li taxtga onasi va to‘rt yoshli opasi malika Esteldan keyingi da’vogar bo‘ladi. Viktoriyaning ukasi shahzoda Karl Filipp va singlisi malika Madlen esa bu ro‘yxatda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni egallaydi.
Lekin u tug‘iliboq aslzodaga aylangan dunyodagi yagona shaxs emas. “Argumenti i fakti” bugungi kunning u kabi kichkina shahzoda va malikalari haqida ma’lumot keltirdi.
Shahzoda Georg — qirolicha Yelizaveta II ning uchinchi evarasi, Uels shahzodasi Charlzning birinchi nabirasi, Kembrij gersogi Uilyam va Kembrij gersoginyasi Ketrinning birinchi farzandi, 2013-yil 22-iyulida Londonda tug‘ilgan. Britaniya taxti merosxo‘rlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinda turadi.
Jak Onore Renye Grimaldi — Monako valiahd shahzodasi, markiz de Bo, 2014-yil 10-dekabrida egizak singlisi Gabriela Tereza Mariya bilan knyaz Alber II va knyaginya Sharlen oilasida tug‘ilgan.
Kristian Hazrati Oliylari — Daniya shahzodasi, Monpez grafi, shahzoda Frederik Oliy Hazratlari va uning rafiqasi Meri Donaldsonning katta o‘g‘li. 2005-yil 15-oktabrida Kopengagenda tug‘ilgan. Daniya taxti merosxo‘rlari ro‘yxatida otasidan keyingi o‘rinni egallaydi. Vaqt o‘tishi bilan u Kristian XI faxriy laqabi ostida hukmronlik qilishi kutilmoqda.
Malika Leonor de Todos los Santos de Burbon va Ortis de Ispaniya (suratda: chapdan ikkinchi) — Asturiya malikasi, Ispaniya qiroli Filipp VI va uning rafiqasi Letisiyaning katta qizi, Ispaniya qiroli Xuan Karlos I va qirolicha Sofiyaning nabirasi. 2005-yilning 31-oktabrida tug‘ilgan.
Ingrid Aleksandra Hazrati Oliyalari, Norvegiya malikasi — Norvegiya valiahd shahzodasi Xokon va uning rafiqasi Mette-Maritning katta qizi, qirol Xarald V ning nabirasi. 2004-yil 21-yanvarida Osloda tug‘ilgan.
Estel Silviya Yeva Meri Hazrati Oliyalari, Shvetsiya malikasi, Estergyotland gersoginyasi, 2012-yilning 23-fevralida tug‘ilgan — Shved taxti merosxo‘ri malika Viktoriya va uning turmush o‘rtog‘i, Vestergyotland gersogi Daniel Vestling oilasidagi birinchi farzand.
Yelizaveta Tereza Mariya Yelena de Belgiya, Brabant gersoginyasi (2001-yilning 25-oktabrida tug‘ilgan) — Belgiya valiahd malikasi, Belgiya qiroli Filipp va qirolicha Matildaning katta qizi, Albert II ning nabirasi. Belgiya taxti merosxo‘rlari ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi.
Malika Katarina-Amaliya Beatriks Karmen Viktoriya (suratda: chap tomonda) — Niderlandiya malikasi, Oranj malikasi, Niderlandiya qiroli Villem Aleksandr va qirolichasi Maksimaning katta qizi, qirolicha Beatriksning nabirasi.
Iordaniya shahzodasi Xoshim bin Abdulla (suratda: chap tomonda) — qirol Abdulla II ibn Husayn (suratda: markazda) va qirolicha Raniya al-Abdullaning o‘g‘li. Valiahd, taxt merosxo‘ri.
Izoh (0)