AQSh va Janubiy Koreyaning tarixdagi eng yirik qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarida 300 mingdan ortiq harbiy qatnashadi

AQSh va Janubiy Koreya 7-mart, dushanba kuni 30-aprelga qadar davom etadigan harbiy mashg‘ulotlarni boshlaydi. Yonhap agentligiga tayanib, “RBK” nashrining xabar berishicha, bu ikki davlatning harbiy hamkorlik tarixidagi eng yirik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘ladi.

Foto: “Liga. Novosti”

Foto: “Liga. Novosti”

Qo‘shma harbiy tadbirlardan ko‘zlangan maqsad KXDRga ogohlantirish yo‘llashdan iboratdir.

Key Resolve va Foal Eagle nomi ostida o‘tadigan mashg‘ulotlarda Janubiy Koreyaning 300 ming, AQShning 15 ming harbiy xizmatchisi ishtirok etadi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing