Angliya Premyer-ligasi kashfiyotiga aylangan “Lester” klubi 29-tur doirasida “Uotford” jamoasi mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv “Lester”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Uchrashuvdagi yagona golga 56-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Mahrez mualliflik qildi. Navbatdagi g‘alabadan so‘ng “Lester” ochkolar sonini 60 taga yetkazib, peshqadamlikni saqlab qoldi.
Klaudio Ranyeri jamoasi turnir jadvalidagi eng yaqin ta’qibchisi “Tottenxem”ni 5 ochkoga ortda qoldiryapti. “Uotford” 37 ochko bilan 12-pog‘onani band qilib turibdi.
Angliya chempionati, 29-tur
“Uotford” – “Lester” 0:1 (0:0)
Gol: 0:1 – 56 Mahrez.“Uotford” – Gomes, Xolebas, Predl, Nyom (Anya, 82), Uotson, Ake, Kapu (Ulare, 88), Suares (Abdi, 65), Amrabat, Dini, Igalo.
“Lester” – Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Xut, Kante, Drinkuoter, Olbrayton (Shlupp, 46), Mahrez (Amarti, 85), Vardi, Okazaki (King, 46).
Ogohlantirishlar: Amrabat (29), Ake (58), Fuks (74), Morgan (90).
Izoh (0)