World Car of the Year (Jahonning yil avtomobili, WCOTY) tanlovining finalchilari e’lon qilindi. G‘oliblik uchun yangi avlod Audi A4, Mazda MX-5 va Mercedes-Benz GLC avtomobillari bellashadigan bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Carzone.uz”.
Shuningdek, hakamlar hay’ati boshqa nominatsiyalar bo‘yicha ham finalchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Eng hashamatli avtomobil (World Luxury Car of the Year) nomi uchun Audi Q7, Volvo XC90 va BMW yettinchi seriyasi, eng yaxshi sport avtomobili (World Performance Car of the Year) maqomi uchun esa Audi R8, Honda Civic Type R va Mercedes-AMG C 63 Coupe modellari bahslashadi.
Dunyoning yashil avtomobili maqomiga nomzodlar Toyota Prius, Chevrolet Volt va Toyota Mirai avtomobillari bo‘ldi. Eng yaxshi dizayn (World Car Design of the Year) yo‘nalishida Jaguar XE, Mazda CX-3 va Mazda MX-5 rusumlari bellashadi.
Tanlov g‘oliblari 24-mart kuni Nyu-Yorkda e’lon qilinadi.
Izoh (0)