Xitoy Xalq Respublikasi aholisi 2020-yilga kelib 1,42 milliard kishiga yetadi. Ushbu ma’lumot Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha 13-beshyillik rejasi (2016—2020-yillar) loyihasiga kiritilgan. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Xitoy tug‘ilishni rejalashtirish tizimini isloh qiladi va bir oilada ikki bola strategiyasini amalga oshiradi. 2016-yilga kelib Xitoy aholisi 1,42 milliard kishiga yetishi bashorat qilinmoqda”, — deb ta’kidlanadi hujjatda.
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2015-yilda Xitoyda 1,37 milliard kishi istiqomat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning dekabrida Xitoyda “bir oilaga — bir farzand” siyosati rasman bekor qilingan.
Izoh (0)