Shu yilning 12—13-mart kunlari “Turkiston” san’at saroyida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan milliy hunarmandchilik ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda ko‘rgazma tashkilotchilari “Daryo” nashriga ma’lum qildi.
Bu ko‘rgazmada O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan tashrif buyuradigan usta-hunarmandlar o‘zlarining ajoyib ijod mahsulotlarini namoyish qiladi.
Ko‘rgazmada Marg‘ilon shohi matolari va adraslari, Shahrixonning mashhur damashqiy pichoqlari, Samarqand ustalarining zardo‘zi va patdo‘zi uslubidagi libos va uy-ro‘zg‘or buyumlari, Toshkent va buxorolik zargarlarning milliy uslubdagi zargarlik mahsulotlari va boshqa ko‘plab ajoyib milliy sovg‘a va esdalik buyumlarini eng arzon chegirmali narxlarda xarid qilish mumkin.
Ko‘rgazma soat 10:00 dan 18:00 gacha davom etadi. Kirish bepul.
Izoh (0)