Bugun, 5-mart kuni superog‘ir vazn toifasida Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA)ning muntazam chempioni hisoblangan o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev avstraliyalik Lukas Braunga qarshi jang o‘tkazadi. Bo‘lajak jang oldidan o‘zbekistonlik bokschi barcha 12 raundga hozirlik ko‘rganini aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Sport formam yaxshi, jangga tayyorman. Eng yaxshi boksni namoyish qilishga harakat qilaman. Braunning katta gavdasi salbiy ta’sir o‘tkazadimi? O‘zi uchun salbiy bo‘ladi. Men barcha 12 raundga hozirlik ko‘rganman. Agar jangni muddatidan avval yakunlash imkoni paydo bo‘lsa, bundan foydalanishga harakat qilaman”, – deydi Chagayev.
Ma’lumot uchun, jang 5-mart, shanba kuni Grozniydagi “Kolizey” Sport-Xollida bo‘lib o‘tadi. Chagayev hisobida 34 ta g‘alaba (21 tasi nokaut bilan), ikkita mag‘lubiyat va bitta durang bor. Braun esa faoliyati davomida 23 marta g‘alaba qozongan (20 ta nokaut) va biror marta mag‘lubiyatga uchramagan. Chagayev va Braun o‘rtasidagi jang Rossiyaning “Match TV” sport telekanali orqali namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid yangiliklar:
Izoh (0)