Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari general-mayor Igor Konashenkov hayfsan oldi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Intizomiy chora harbiy operatsiyalar o‘tkaziladigan hududda OAVlar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga yetarli darajada rioya etilmaganlik uchun qo‘llanilgan.
Mudofaa vazirligi 2016-yilning 1-mart kuni rossiyalik va chet ellik bir guruh jurnalistlar Suriyada o‘qqa tutilganligi haqida ma’lum qilgan edi. Boshqarmaning ma’lum qilishicha, ularga qarata sakkizta snaryad otilgan. Snaryadlar jurnalistlardan 150—450 metr masofada portlagan.
Hodisa oqibatida Rossiya, Xitoy, Kanada va bolgariyalik jurnalistlar jabrlangan.
Izoh (0)