BMTning Janubiy Sudandagi Malakal shahrida tinch aholini himoya qilish lageriga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 kishiga yetdi, yaradorlar soni 120 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda, BMT bayonotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Bir muddat ilgari qurbonlar 18 kishiga, yaradorlar 36 kishiga yetgani xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, 18-fevral kuni noma’lum shaxslar Malakaldagi bazaga bostirib kirib, u yerdagi odamlarga qarata o‘t ochgan. BMT hujum arafasida mahalliy dinka va shilluk xalqlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berganini bildirgan.
Agence France-Presse agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolar urushi boshlangan 2013-yil dekabridan beri lagerda 47 ming kishi istiqomat qilardi. BMT bayonotiga ko‘ra, mazkur hujum, ehtimol, harbiy jinoyat bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)