Ukrainaning sobiq xalq deputati, Ukrainani qutqarish qo‘mitasi hammuassisi Vladimir Oleynik o‘z blogida “normand to‘rtligi” tashqi ishlar vazirlarining Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi haqida fikr bildirib o‘tdi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
“AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Teft Ukraina Minsk kelishuvlarini mukammal bajardi deb bayonot berishga bejiz shoshilmagan, deb o‘ylayman. Normal odam amnistiya to‘g‘risidagi qonunni imzolamay, Donbassga Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan maxsus maqom bermay, hatto Donbassdagi saylov to‘g‘risidagi qonun loyihasi haqida kelishmay turib, qanaqasiga Minsk kelishuvlari bajarilishi mumkinligini tushunmaydi”, — deb yozdi siyosatchi.
Uning fikricha, Yevropa Minsk kelishuvlarining amalga oshmaganiga aybdor Ukraina ekanligini tushunadi, shu bois sanksiyalarni Rossiyaga qarshi emas, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko, bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk va ularning sheriklariga qarshi joriy qilinish lozim.
Shuningdek, Oleynik “Normand to‘rtligi”ning navbatdagi uchrashuvida ham o‘zgarishlar bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdi.
“Kimdir Rossiya bilan chegaradagi harbiy ixtilofdan o‘ta manfaatdor”, — xulosa qildi u.
Izoh (0)