“Barselona” klubi himoyachisi Xerard Pike “Rayo Valyekano”ga qarshi (5:1) kechgan o‘yinda jamoadoshi Xavyer Maskeranoga penaltidan to‘p tepishni taklif qilganini aytdi, deb xabar beradi “Chempionat”.
Uchrashuvning 68-daqiqasida “Rayo Valyekano” darvozasi tomon penalti belgilangan edi. Pike standart vaziyatni Maskeranoga amalga oshirishni taklif qildi, biroq argentinalik rad javobini berdi. To‘p oldiga kelgan Luis Suares esa penaltidan gol kirita olmadi. Shunga qaramay, bu “Barselona”ga yirik hisobda g‘alaba qozonishga xalal bermadi.Avvalroq Pike jamoadoshi Maskeranoni afsona deya atagan. Sababi argentinalik futbolchi 2010-yilda “Barselona”ga kelganidan buyon raqiblar darvozasiga biror marta ham gol kiritmagan. Ammo to‘rt bora o‘z darvozasini ishg‘ol qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Barselona” muxlislari Maskerano jamoa safida birinchi golini urishida Messidan yordam so‘ragandi.
Izoh (0)