Moskvadagi Kurskiy vokzali portlovchi qurilma haqidagi anonim qo‘ng‘iroqdan so‘ng evakuatsiya qilindi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ vakilining ma’lum qilishicha, vokzaldan 900 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan.
Manbalarda ta’kidlanishicha, buyumlarni saqlash kamerasidagi portlovchi qurilma haqidagi qo‘ng‘iroq tonggi 7:20 (Toshkent vaqti bo‘yicha 09:20) da amalga oshirilgan.
Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, bomba haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqqan. Vokzal binosini ko‘zdan kechirib chiqqan kinologlar u yerdan hech qanaqa portlovchi qurilma yoki portlovchi modda topmagan. Hodisa poyezdlarning harakatlanishiga ta’sir qilmagan.
Izoh (0)