8-mart arafasida Rossiyaning Mail.Ru Group kompaniyasi rahbariyati bir qator dasturchilariga kamera qarshisida onalari haqida gapirib, tabrik so‘zlarini ifodalashni taklif qildi. Bu haqda, kompaniya vakillariga asoslanib, TJournal yozmoqda.
Dasturchilarning kamera qarshisida aytgan so‘zlarini ularning onalari bevosita kuzatib turdi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, gapirayotgan xodimlar onalari ofisda ekanligini bilmagan — ularning onalari yashirincha Novosibirskdan Minskkacha bo‘lgan turli shaharlardan olib kelingan.
Videoni suratga olish va realizatsiya qilish bilan Red Keds kreativ agentligi hamda Fresh Production prodakshn-kompaniyasi shug‘ullangan.
Izoh (0)