Zambiyadagi Viktoriya sharsharasida dunyodagi eng xavfli hovuz joylashgan, deb yozadi TravelAsk.
Iblis hovuzi nomini olgan bu havza tabiiy ravishda shakllangan bo‘lib, Zambezi daryosining o‘rta oqimida joylashgan.
Sentabrdan dekabrgacha bo‘lgan vaqtda daryo suvi ma’lum darajada ko‘tarilib, kichik girdob hosil qiladi.
Bu esa ayrim yuragi baquvvat sayyohlarga o‘ta xavfli sharoitda cho‘milish imkonini beradi, negaki oqim minimal darajada bo‘lgan bu havzadan bir necha metr narida ulkan sharshara boshlanadi.
Izoh (0)