Suriya rahbari Bashar Asadning fikricha, mamlakatning keyingi prezidenti kim bo‘lishi kerakligini faqat fuqarolar hal qilishi lozim. Bu haqda uning ARD’ga bergan intervyusiga asoslanib, “TASS” xabar qilmoqda.
Jurnalistning “Iste’fo berish niyatingiz bormi?” degan savoliga Asad “Yo‘q, albatta” deb javob qaytardi.
“Bu bizning ishimiz, Suriyaning ishi. Faqat Suriya fuqarolari prezidentlari kim bo‘lishini hal qila oladi. Mening siyosiy taqdirim suriyaliklar istagiga bog‘liq”, — deb qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)