Suriya prezidenti Bashar Asad fevral oyi davomida Rossiyaning siyosiy va moliyaviy-iqtisodiy yo‘nalishdagi OAVlarida jami 32 200 marta tilga olindi. “Interfaks” agentligi ishlab chiqqan “Yangiliklarni kompleks tahlil qilish tizimi” (SCAN) ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Barak Obamaning nomi shu davr ichida 26 163 marta qayd etilgan.
Eng ko‘p tilga olinganlar o‘ntaligiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin boshchilik qilmoqda: fevralda uning nomi 135 706 marta jurnalistlar tarafidan ta’kidlangan. Ikkinchi o‘rinda — Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev (58 372).
Undan keyingi pog‘onalarda Ukraina rahbarlari — bosh vazir Arseniy Yatsenyuk (47 968) va prezident Pyotr Poroshenko (46 614) turibdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov matbuotda 21 125 marta tilga olinib yettinchi, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on esa 18 067 ko‘rsatkichi bilan sakkizinchi o‘rinni egalladi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov (17 635) va AQSh davlat kotibi Jon Kerri (17 551) reytingga xotima yasagan siyosatchilar bo‘ldi.
Izoh (0)