Leonardo Di Kaprio “Oskar”ni restoranda unutib qoldirdi (foto va video)

“Omon qolgan” filmidagi ijrosi uchun AQSh kinoakademiyasi tomonidan 2015-yilning eng yaxshi aktyori deb topilgan va o‘z faoliyatidagi ilk “Oskar”ni qo‘lga kiritgan Leonardo Di Kaprio uzoq kutilgan haykalchani restoranda unutib qoldirdi. Bu haqda TMZ ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Di Kaprio va uning hamkasblari Los-Anjelesdagi restoranlardan birida mukofotni nishonlayotgan edi. BangShowBiz ma’lumotlariga ko‘ra, mehmonlar Leonardoning haykalchasini qo‘ldan-qo‘lga uzatib, “bo‘rilar to‘dasi!” deya hayqirib, restoranni boshiga ko‘targan.

Tadbirdan so‘ng aktyor ko‘chaga chiqib, bir necha kishi qurshovida avtomobilga yo‘l olgan. Uning ortidan haykalchani ko‘tarib olgan erkak yugurib kelgan va “Oskar”ni ko‘rsatib, “Siz buni olib ketishni istamaysizmi?” deya so‘ragan.

Foto: TMZ

Foto: TMZ

Eslatib o‘tamiz, aktyorning mukofot olishi Twitter’da o‘ziga xos rekord o‘rnatdi: uning nomi e’lon qilinganidan so‘ng foydalanuvchilar bir daqiqa ichida 440 mingdan ziyod tvit yozgan.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing