90 yoshli amerikalik ayol mamlakat bo‘ylab sayr qilish uchun kimyoviy terapiyadan voz kechib, bu ishi tufayli ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi. Facebook’dagi Driving Miss Norma sahifasi 64 ming layk to‘plashga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Shimoliy Michigan shtatida istiqomat qiluvchi ayolning ismi Norma. U bachadon saratoniga chalingan. Bu xastalik haqida bilgach, Norma davolanish kursiga ketadigan pulni mamlakat bo‘ylab sayohatga sarflashga qaror qilgan.
Norma oilasi bilan birga sayohat qilmoqda. Uning sarguzashtlari ijtimoiy tarmoqdagi tegishli sahifada yoritib borilmoqda. So‘nggi olti oy davomida amerikalik keksa ayol va uning yaqinlari milliy bog‘larga tashrif buyurdi, delfinlarni tomosha qildi, havo sharida parvoz qildi.
Izoh (0)