Turkiyaning markazida “Belediyespor” gandbol jamoasini olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi. Bu haqda Doğan Haber Ajansı ma’lumot berdi.
Voqea Qahramonmarash–Kayseri trassasida, Kayseri viloyatining Sariz tumani Ayronliq qishlog‘iga yaqin yerda ro‘y berdi. Avtobusda bo‘lgan 45 kishidan 2 nafari olamdan o‘tdi, yana 11 kishi jarohat oldi.
Halok bo‘lgan sportchilar – 21 yoshli Sodiq Unlu va 20 yoshli Ahmat O‘zturk.
Izoh (0)