O‘zbekistonlik tennischi Jo‘rabek Karimov Rossiyaning Qozon shahrida yakuniga yetib borayotgan “Yelsin Kubogi” xalqaro tennis musobaqasining final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, 17 yoshli o‘zbekistonlik tennischi yarim finalda rossiyalik tengdoshi Pavel Kotovga qarshi bahs olib bordi.
Bellashuvda Jo‘rabek Karimov 7:5, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Ushbu musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan Karimov o‘z ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi bosqichdan boshlagan edi. U bu davrada rossiyalik Ivan Mixaylyukni 6:1, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, uchinchi davrada Aleksey Zaxarov 6:4, 6:4 hisobida taslim etilgandi. Chorak finalda esa O‘zbekiston vakili britaniyalik Rayan Jeyms Storriyeni uch set natijasiga ko‘ra 6:2, 4:6, 7:6 hisobida mag‘lub etdi.
Musobaqaning final bahsida Jo‘rabek Karimov rossiyalik Lev Kazakovga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)