AQShning Virjiniya shtatidagi Prins-Uilyam okrugida sodir bo‘lgan otishmada politsiya zobiti halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohat oldi. Bu haqda, NBC telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
27-fevral, shanba kuni kechasi politsiyaga uy zo‘ravonligi bilan bog‘liq qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Politsiyachi ayol Eshli Guindon otishma chog‘ida o‘ldirilgan. U birinchi kun ishga chiqishi edi.
Gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Virjiniya shtati qonunlariga muvofiq, politsiyachini o‘ldirganlik uchun qatl jazosi tayinlanadi.
Izoh (0)