Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning biznes hamkori Farhod Moshiriy “Everton” klubni xarid qilishi rasman tasdiqlandi. Bu haqda “Everton” klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kelib chiqishi eronlik bo‘lgan angliyalik tadbirkor Farhod Moshiriy “Everton” jamoasining 49,9 foiz aksiyalarini sotib oladi va klubning eng katta hissadoriga aylanadi.
Ta’kidlash joizki, Alisher Usmonov o‘zi va Farhod Moshiriyga tegishli Red and White Securities Ltd kompaniyasining qolgan 50 foiz aksiyalarini hamkoridan xarid qilib, kompaniyaning 100 foiz aksiyalariga ega bo‘ldi. O‘z navbatida, ushbu kompaniyaga tegishli “Arsenal” klubining 18695 ta aksiyasiga ham Usmonov egalik qiladi. Shu orqali rossiyalik tadbirkor London klubidagi aksiyalar ulushini 30,04 foizgacha oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Usmonov tomonidan “Everton” klubi xarid qilingani haqida gap-so‘zlar paydo bo‘lgandi, biroq uning vakili bu xabarni rad etdi.
Izoh (0)