AQSh Harbiy-havo kuchlari vaziri Debora Jeyms Amerikaning yangi B21 bombardimonchi samolyoti suratini namoyish qildi. U samolyot modeli suratini Twitter’dagi sahifasida chop etdi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Bombardimonchi samolyot suratini vazir AQSh Harbiy-havo kuchlari Assotsiatsiyasining har yillik simpoziumida ham namoyish qildi. Jeymsning qo‘shimcha qilishicha, unga nomni harbiylar tanlaydi.
Samolyotni ishlab chiqarish bilan Northrop korporatsiyasi shug‘ullanmoqda. O‘tgan yilning oktabr oyida u yuzta yangi bombardimonchi samolyotni ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomani yutib olgan. Tahlilchilar tomonidan shartnoma qiymati 80 milliard dollarga baholanmoqda. Amerika Harbiy-havo kuchlari esa bitta samolyot uchun 511 million dollar to‘lashini ma’lum qilgan.
Izoh (0)