Toshkent politexnika muzeyida “Robot-android—2016” ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati xabar berdi.
1739-yilning 24-fevralida tug‘ilgan fransuz mexanigi Jak de Vakanson mustaqil ovqatlana oladigan o‘rdak yaratdi. Keyinchalik mashhur kashfiyotchining tug‘ilgan sanasi robotlar kuni sifatida e’tirof etila boshlandi. Mazkur ko‘rgazmani o‘tkazish uchun ham ushbu sana muhim asos bo‘ldi.
Ko‘rgazmaga qo‘yilgan robot-eksponatlar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Andijon avtomobilsozlik instituti talabalari tomonidan yaratilgan.
Ushbu ko‘rgazma doirasida robotlarni yig‘ish va ularni dasturlash bo‘yicha master-klasslar, Rubik kubigini yig‘uvchi robotlar musobaqalari va ko‘plab qiziqarli tadbirlar o‘tkazildi.
Ko‘rgazma ishtirokchilari homiylarning qimmatbaho sovg‘alari va yutuqlar bilan taqdirlandi.
Izoh (0)