Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z o‘yini orqali muxlislarni xursand qilishda davom etish maqsadida maxsus parhez tutyapti. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Portugaliyalik hujumchining fikricha, ortiqcha vazn uning futbolchilik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, u mushaklar og‘irligini yo‘qotishga qaror qilgan. O‘tgan yilning o‘zida Ronaldu 2 kilogramm vazn tashlagandi. U shu yo‘l orqali ma’lum vaqt mobaynida yo‘qotilgan tezligini qaytarmoqchi.
Ayni damda 31 yoshli futbolchi 78 kilogramm vaznga ega. U yana bir necha yil yuqori sport formasida o‘ynash istagini bildirgan.
Izoh (0)