Ukrainaning “Azov” batalyoni jangchilari tomonidan faoliyati to‘sqinlikka uchrayotgan “Inter” telekanali mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenkoga murojaat qilib, harbiylarning xatti-harakatlariga baho berishni so‘radi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Inter”ning davlat rahbariga yo‘llagan maktubida aytilishicha, 25-fevral kuni “Azov”ning 50 nafar jangchisi telekanal binosini o‘rab olib, kirish va chiqishni yopib qo‘ygan. Natijada jurnalistlar suratga olish uchun joylarga chiqa olmagan, xodimlarning bir qismi esa ishxonaga kira olmagan.
Bir muddat ilgari telekanal Ukrainada taqiqlangan Rossiya filmlarini namoyish etgani bois Televideniye va radiouzatish masalalari bo‘yicha milliy kengash u yerda rejadan tashqari tekshiruv o‘tkazilishini belgilagan edi.
Izoh (0)