Amerikaning Kanzas shtatidagi Excel Industries korxonasida yuz bergan otishma natijasida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CBSN ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkinligi xabar qilinmoqda, biroq bu hozircha tasdiqlanmagan.
Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lum qilishicha, o‘q uzgan odam otib o‘ldirilgan. Otishmada, shuningdek, 14 kishi jabrlangan. Ular turli darajadagi shikastlanishlar bilan uchta tibbiy muassasaga yetkazilgan. Barcha qurbonlar Xesston shahrida joylashgan tashkilotning xodimlaridir.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, otishmani tashkilot xodimi Sedrik Ford sodir etgan. Hujum sabablari hozircha noma’lum.
Izoh (0)