“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Yevropa Chempionlar Ligasi bahslarida “Volfsburg” himoyachisi Naldodan keyin eng kam yugurgan futbolchi bo‘ldi, deb xabar beradi “Chempionat”.
Messi joriy mavsumda YeChL doirasida to‘rtta o‘yinda maydonga tushgan va 360 daqiqa harakat qilgan. Bu vaqt mobaynida u 31 625 metr masofani yugurib o‘tgan hamda 5 ta gol urib, 1 ta golli pas bergan.
Taqqoslash uchun, Naldo YeChLda olti o‘yin o‘tkazib, 540 daqiqa maydonda harakat qilgan hamda 44 140 metr yugurib, 2 ta gol urgan. Shu tariqa, Messi har bir o‘yinda o‘rtacha 7906 metr, Naldo esa 7357 metr yugurgan.
Oldinroq “Real”ning sobiq bosh direktori Xorxe Valdano “Barselona” hujumchisi Lionel Messining ma’lum bir o‘yinlarning aksariyat qismida piyoda yurishni o‘rganganligini qayd etgandi.
Izoh (0)