Apple korporatsiyasining Rossiyadagi vakolatxonasi – “Eppl Rus” MChJ mamlakatning bojxona xizmati ustidan sudga arz qildi. Bu haqda “Hi-Tech Mail.ru” xabar bermoqda.
“Eppl Rus” MChJ tomonidan 18-fevral kuni Moskva hakamlik sudiga uchta ariza kiritilgan. Ulardan birinchisida “boshqa tomon” sifatida Sheremetyevo bojxonasi ko‘rsatilib, javobgarning xatti-harakatlarini noqonuniy deb topish so‘ralgan, lekin javobgar kim ekanligi aniq ko‘rsatilmagan. Qolgan ikki ariza Federal bojxona xizmatining Markaziy bojxona boshqarmasiga qarshi yo‘naltirilgan.
Da’vo arizasida, taxmin qilinishicha, Apple Watch “aqlli” soatlari oddiy soat sifatida ko‘rilib, bojxona to‘lovlari shunga muvofiq oshirilishi ustidan shikoyat qilingan.
“Eppl Rus” Apple Watch soatlarini 2015-yil sentabridan eksport qila boshlagan edi. Dastavval u axborot qabul qilish va uzatish uchun simsiz uskuna sifatida tasniflanib, bojga tortilmagan edi. Ammo dekabr oyining boshida gadjet oddiy qo‘l soati sifatida qaytadan tasniflandi, shu munosabat bilan unga 10 foizlik boj solindi, mahsulotning chakana savdodagi narxi 15 foizga oshdi.
Izoh (0)