Saudiya Arabistoni hozircha neft qazib olish hajmini qisqartirmaydi, chunki neft qazib chiqaruvchi davlatlarning yetarlicha soni ushbu harakatdan namuna olishiga ishonmaydi. Bu haqda Saudiya Arabistoni neft va mineral resurslar vaziri Ali bin Ibrohim al-Nuaymi ma’lum qilgan, deb xabar beradi “TASS”.
Har yili o‘tkaziladigan HIS CERAWeek xalqaro neft-gaz konferensiyasida chiqish qila turib, Al-Nuaymi 16-fevral kuni Saudiya Arabistoni, Qatar, Venesuela va Rossiya vazirlarining Qatar poytaxtidagi uchrashuviga “jarayonning boshlanishi” deb baho berdi.
“Muzlatib qo‘yish bu jarayonning boshlanishi. Bu shuni anglatadiki, agar biz barcha yirik ishlab chiqaruvchilarni kelishuvga ko‘ndira olsak, o‘shanda katta zahiralarimiz vaqt o‘tishi bilan kamaytirila boshlanadi. Biroq buning uchun vaqt kerak”, — deb ta’kidladi vazir.
Izoh (0)