Rossiyaning mutasaddi tashkilotlari ukrainalik hamkasblari bilan aloqaga chiqib, ikki o‘rtada tranzit yuk tashishni qaytadan boshlashni taklif qildi. Bu haqda, Rossiya transport vazirligi xabariga asoslanib, Meduza yozmoqda.
Muqaddam bu xabarni Ukraina xalqaro avtomobil yuk tashuvchilari uyushmasi rahbari Leonid Kostyuchenko ham tasdiqlagan edi.
23-fevral kuni Ukraina infrastruktura vaziri Andrey Pivovarskiy tranzitni boshlash haqidagi qaror hukumat tomonidan 24-fevral kuni qabul qilinishi mumkinligini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 14-fevral kuni Rossiya hukumati Ukraina yuk mashinalarining mamlakat hududidan o‘tishini taqiqlab qo‘ygan edi. Bunga javoban 15-fevralda Ukraina ham tranzitni to‘xtatgan edi.
Izoh (0)